Bilet №9, savol №3
Samarqand (Eramizdan avvalgi VIII asr)
Shaharga eramizdan avvalgi 742-yilda asos solingan. Qadimda Sug`diyona va Maroqanda kabi nomlar bilan atalgan. “Samarqand” nomining kelib chiqishi haqida turli nazariyalar mavjud bo`lib, shulardan biri uning turkcha “Semiz kent” — “boy aholi” so`zidan olinganligini taxmin qiladi.
Shahrisabz (Eramizdan avvalgi VII asr)Shaharga bundan 2700 yil avval asos solingan. U qadimda Kesh deb atalgan. Shaharning qadimiy aholisi — sug`dliklar hunarmandchilik, savdo va madaniyat sohasida mashhur bo`lgan.
Xiva (Eramizdan avvalgi VI asr)
Arxeologik ma`lumotlarga ko`ra, shaharga eramizdan avvalgi VI asrda asos solingan. Qadimda u Xeyvak nomi bilan mashhur bo`lgan. Rivoyatlarga qaraganda, Xiva payg`ambarlardan biri tomonidan yaratilgan.
Buxoro (Framizdan avvalgi VI asr)
Arxeologik topilmalar shahaming eramizdan avvalgi VI asrda paydo bo`lganidan xabar beradi. Shahaming yuzaga kelishi bilan bog`liq ko`plab rivoyatlar mavjud bo`lib, ulardan birida aytilishicha, shohning o`g`li Siyovush (Eron afsonalari qahramoni) Buxoroga kelib, Afrosiyob shohining qiziga uylanadi va u yerda Ark qal`asini quradi.
Предмет:
Ответы на билеты по узбекскому языку для 11 класса 2021
Билет: №9
"home-work.help" © 2024 - Информационный портал для школьников, абитуриентов, студентов и учителей