Quyidagi hikmatning mazmunini tushuntiring. Yaxshilik qo‘lingdan kelmasa, Yomonlik ham qilma.

Bilet №9, savol №2

Javob

Yaxshilik va yomonlik — axloq shunoslik fanining juft tushunchasi. Odamlarning xatti-harakatlariga, ijtimoiy hodisalarga berilgan ijobiy yoki salbiy bahoni ifodalaydi. Yaxshilik — eng muhim fazilat bo`lib, inson faoliyatining asl va azaliy mohiyatini anglatadi. U insonga kuchli ruhiy lazzai bag`ishlashi barobarida, uni shaxsga aylantiradigan haqiqiy baxtga olib boradi. Shuning uchun ham ”ezgu (yaxshi) fikr™, ”ezgu (yaxshi) so`z”, Mezgu (yaxshi) annal” tushunchalari Avestodan tortib, barcha muqaddas kitoblarda yetakchi o`rin egallagan. Yaxshilik insonning axloqiy va amaliy faoliyatida yuzaga chiqib, unda kamtarlik, ochiqko`ngillilik, mardlik, halollik, insoflilik, adolat, rostgo`nlik kabi fazilatlar mujassam bo`ladi. Yomonlik — yaxshilikning ziddi, shaxs va jamiyat taraqqiyotiga to`sqinlik qiluvchi illat. Yolg`onchilik, pastkashlik, munofikdik, behayolik, rahmsizlik, nomardlik, xiyonat kabi tushunchalarda namoyon bo`ladi. Diniy nuqtai nazardan yaxshilik ilohiy inoyat, yomonlik esa insondagi shaytoniy va hayvoniy xislatlarning ifodasi tarzida talqin qilinadi; yaxshilik ham, yomonlik ham insonning ixtiyor erkinligidan qay darajada foydalanishining oqibati sanaladi. Qur`onda yaxshilik qilish insonning tabiiy burchi ekani, Alloh insonga o`zining ne`matlari bilan ehson qilganidek, inson ham boshqalarga yaxshilik qilishi lozimligi ta`kidlanadi. Musulmonlar tasavvuriga ko`ra, odamlar bu dunyodagi yaxshi ishlari uchun narigi dunyoda mukofotini oladi, ya`ni huzurhalovatga muyassar bo`1adi, yomon ishlari uchun do`zax azobiga duchor etiladi. Qur`onda "Agar chiroyli amallar qilsangizlar — o`zlaringizga yaxshilik qilgan bo`lursizlar.
Agar yomon, gunoh amallar qilsangizlar ham o`zlaringiz uchundir", deyiladi (l7sura, 7oyat). Keyingi davrlarda Ya. va yo. inson o`z manfaatlarini himoya qilishda to`g`ri yoki noto`g`ri yo`l tutishi natijasida yuzaga keladi, degan fikr o`rtaga tashlandi. Mutafakkirlar yomonlikni inson hayotidan cbiqarib tashlash uchun uni vujudga keltiruvchi ijtimoiy sharoitni yo`q qilish zarur deb ta`lim beradi.
Ya. va yo. tushunchalari inson faoliyatini baholash xususiyatiga ega: uni insonning ulug`ligi yoki tubanligini o`lchaydigan muqaddas taroziga o`xshatish mumkin. Inson shaxsidagi yutuq va kamchiliklar, jamiyatning takomilga erishgan yoki erishmagani shu mezonlar bilan o`lchanadi. Qaysi jamiyatda yaxshilik ko`payib, yomonlik kamayib borsa, o`sha jamiyat axloqiy yuksaklikka, farovonlikka, taraqqiyotga tezroq erishadi; shaxsiy munosabatlarda xiyonat, g`azab, kibr, hasad, qasd, munofiqlik kabi illatlar asta-sekin yo`qolib, xushxulqlik, shirinsuxanlik, halollik, bag`rikenglik singari fazilatlar ko`proq o`rin egallab boradi, natijada jamiyatda yaxshilikning ustuvor bo`lishiga olib keladi.

Дополнительное решение или продолжение

Решение №1

Другие задания с билета

1 2 3

Предмет: Ответы на билеты по узбекскому языку для 11 класса 2021
Билет: №9

"home-work.help" © 2024 - Информационный портал для школьников, абитуриентов, студентов и учителей

О сайте | Политика конфиденциальности | Контакты