Bilet №9, savol №1
Bobur ismi «sher» ma`nosini anglatib, uning o`zi ham ismi jismiga monand kishi bo`lgan, kelishgan qaddi-qomati va benihoya kuchliligidan tashqari dovyuraklikda, epchillikda, chaqqonlikda oldiga tushadigani topil- magan, uncha-muncha qiyinchiliklarni pisand etmagan. U ko`pincha ikki qo`liga og`ir yukni ko`tarib, Agra qal`asi devorlari ustida yugurib mashq qilgan. U yana ajoyib suzuvchi va g`avvos ham bo`lgan, Ganga daryosi- dan tashqari jamiki yo`lida uchragan hind daryolarini suzib o`tgan. Uning shirali til, ohangdor vazn bilan bitilgan iarjimayi holi— «Bobumoma»ni o`qir ekansiz, muallif badiiy didining naqadar go`zalligi, aql-u zakovati teranligi, bilimi naqadar cheksizligining guvohi bo`lasiz. Bobur tabiatni va bazmlami jonidan yaxshi ko`rgan. Ayniqsa, tog`lami, daryolami, bog`lami, yaylovlarni ko`rganda, o`z Vataniga bo`lgan muhabbat va sog`inch ilhomi jo`sh urgan.
Предмет:
Ответы на билеты по узбекскому языку для 11 класса 2021
Билет: №9
"home-work.help" © 2024 - Информационный портал для школьников, абитуриентов, студентов и учителей