Bilet ¹13, savol ¹1
Bag`ishlov
Shaharlar boqiydir, umr — o`tkinchi,
Daryolar sobitdir, suvlar — ko`chkinchi.
Har kim o`z shahrida qo`ygan esdalik:
Yo bino qurishda katta ustalik,
Yo shirin latifa yoki ixtiro,
Yo daraxt, yo farzand, ko`prik, yo misra,
Yo qo`shiq, yo dori, maktab, sog`chilik,
Xulosa: dunyoda biron yaxshilik...
Bir vaqtlar men senga shahrimni maqtab Qilarkan ta`rifin, sen biroz to`xtab,
«Shunchalar bormikan?» deb gumon qilding,
«Ko`rganda aytamiz!» deb imo qilding.
Va aytding — darvoqe, ko`rgandan keyin:
«Maqtoving oz ekan, soz ekan uying!»
Qomatga munosib bo`lsin deb libos,
Shahrimga dildagi muhabbat, ixlos Dostonga quyilsin degandim u choq,
Kechikib yozganim kechirgin, o`rtoq!
Bu yerda turganlar, yoki ko`rganlar,
Yoki ko`rayin deb istab turganlar,
Yoki Toshkentimning shaklin so`rgan1ar,
Naqshini dilida olib turganlar...
Sizga bu taronam — kuyim armug`on,
Nasr — og`ir qadam, nazm — chopog`on.
Ïðåäìåò:
Îòâåòû íà áèëåòû ïî óçáåêñêîìó ÿçûêó äëÿ 11 êëàññà 2022
Áèëåò: ¹13
"home-work.help" © 2024 - Èíôîðìàöèîííûé ïîðòàë äëÿ øêîëüíèêîâ, àáèòóðèåíòîâ, ñòóäåíòîâ è ó÷èòåëåé