Bilet №2, savol №1
Alisher Navoiy (asl ismi Nizomiddin Mir Alisher) 1441-yil 9-fevralda Hirotda temuriylar xonadonining yaqinlaridan biri bo`lgan G`iyosiddin Bahodir oilasida dunyoga kelgan. Alisher Navoiy temuriyzoda, bo`lajak podshoh Husayn Boyqaro bilan birga tarbiyalangan. 4 yoshida maktabga borib, tez savod chiqargan, turkiy va forsiy tildagi she`rlarni o`qib, yod ola boshlagan. U 10-12 yoshlaridayoq ilk she`rlari bilan ko`pchi1ikning diqqatini o`ziga jalb etadi.Alisher Navoiy ikki tilda: turkiy (o`zbek tili) va forsiy tillarda g`aza1lar yozgan. Lekin turkiy tilda buyuk asar yaratish hayotdagi asosiy maqsadi bo`lgan. Ijodining chuqur mazmuni va badiiy qudrati bilan uni jahondagi buyuk shoirlar qatoriga qo`shish mumkin. «Xamsa» Alisher Navoiyning shoh asari bo`lib, besh dostondan iborat.Shoir forsiy tildagi g`azallariga «Foniy» taxallusini qo`ygan va ularni jamlab «Devoni Foniy» tuzgan.Alisher Navoiy Husayn Boyqaro saroyida davlat ishlarini ham olibborgan. Muhrdor, so`ngra bosh vazir bo`lganida mamlakatni obodonlashtirish, xalq hayotini farovon etish, oddiy mehnatkashlardan olinadigan soliqlarni kamaytirishga alohida ahamiyat berdi, ariqlar qazdirdi, masjid va madrasalar, shifoxonalar, kutubxonalar qurdirdi. Xalqning turmushini yaxshilash, beklar va amaldorlarning o`zboshimchaligiga chek qo`yishga harakat qildi.Alisher Navoiy xalq orasida katta obro qozondi. U davlat ishlari bilan juda band bo`lgan vaqtlarida ham hech qachon ijod qilishdan to`xtamagan. Alisher Navoiy o`zining o`lmas asarlari orqali o`zbek tilining go`zalligini, boyligini va qudratini olamga namoyish etdi.O`zbek xalqining buyuk mutafakkiri, o`zbek adabiyotini jahonga tanitgan va avlodlarga boy adabiy meros qoldirgan shoir 1501-yil 3-yanvarda Hirotda vafot etgan.
Предмет:
Ответы на билеты по узбекскому языку для 11 класса 2022
Билет: №2
"home-work.help" © 2024 - Информационный портал для школьников, абитуриентов, студентов и учителей