O‘zbekistonda bo‘layotgan yangiliklar haqida ma’lumot bering.

Bilet №30, savol №3

Javob

Bugungi kunda mamlakatimizdagi islohotlar, eng avvalo, dunyoda, shu jumladan, jahon iqtisodiyoti kon`yunkturasida yuz berayotgan turli o`zgarishlarga mos holda amalga oshirilmoqda. Tanlab olgan yo`limiz global inqirozdan keyin jahon iqtisodiyoti rivojlanish sur`at1ari pasaygan bir sharoitda o`zining barqarorligi va hayotiyligini ko`rsatayotir.
Ekspertlarning tasdiqlashicha, O`zbekistonda kuzatilayotgan makroiqtisodiy barqarorlik tashqi salbiy ta`sir1arga samarali qarshi turish imkonini berayapti.
Bugungi kunda O`zbekistonda tadbirkorlikni rivojlantirish izchil iqtisodiy taraqqiyotning harakatlantiruvchi kuchiga aylandi. 2016 yil yakunlariga ko`ra, kichik biznesning yalpi ichki mahsulotdagi ulushi 56,9, sanoatda 38,9, chakana savdo aylanmasida 87,1, pullik xizmatlarda 50,8 foizni tashkil qildi. Iqtisodiyotning ushbu sektorida mehnatga layoqatli aholining 77,9 foizi band.
Ma`lumki, har qanday jamiyatning rivojlanganini inson kapitali, ya`ni intellektual salohiyat, salomatlik, ta`lim, mehnat unumdorligi, yuqori hayot sifati belgilab beradi. Bugungi zamonaviy dunyoda aynan ushbu omil kreativ iqtisodiyotning asosiy lokomotivi sanaladi. BMT tadqiqotiga ko`ra, O`zbekiston 2016 yil yakunlari bo`yicha inson rivojlanishi yuqori darajada bo`1gan davlatlar qatoridan joy oldi.
Ekspertlar yana shunga e`tibor berishmoqdaki, O`zbekistonda kreativ sinfning shakllanishi faollashdi va u kelgusida mamlakat iqtisodiyotida tayanch nuqtaga aylanadi. Jumladan, ilmiy ishlanma hamda tadqiqotlar, tajriba-sinovlar o`tkazish, innovatsion mahsulotlar namunalarini o`zlashtirishga ixtisoslashgan innovatsion texnoparklar tashkil etish mo`ljallanmoqda. Ular kimyo texnologiyalari, farmasevtika va tibbiy biotexnologiyalar, qurilish materiallari, oziq-ovqat sanoati, energiya tejamkorligi, muqobil va qayta tiklanuvchi energiya manbalari ishlab chiqarish, mashinasozlik, elektrotexnika singari sohalarga tegishli.
O`zbekistonda sog`liqni saqlash ishlarini O`zbekiston Respublikasin Sog`liqni saqlash vazirligi boshqaradi. Respublikada sog`liqni saqlashni rivojlantirishga O`zbekiston Respublikasi Kasaba uyushmalari federatsiyasi, shuningdek, «Sog`lom avlod uchun» xalqaro xayriya jamg`armasi, «Qizil Yarim oy» jamiyati, «Nuroniy» jamg`arma1ari o`z hissasini qo`shib kelmoqda. Mamlakatda sog`liqni saqlash sohasida islohotlar bosqichma-bosqich olib borilmoqda. Butun e`tibor onalar va bolalar sog`lig`ini muhofaza qilish xizmatini takomillashtirish, yuqumli kasalliklarni kamaytirishga qaratilgan. Shoshilinch tibbiy yordam ko`rsatish tizimining yangi shakli joriy etildi. Natijada mamlakatning hamma hududlarida shoshilinch tibbiy yordam ko`rsatishga, uyga shifokor chaqirish bilan malakali tibbiy yordam ko`rsatish o`rtasidagi vaqtni ancha qisqartirishga erishildi.

Дополнительное решение или продолжение

Решение №1

Другие задания с билета

1 2 3

Предмет: Ответы на билеты по узбекскому языку для 11 класса 2021
Билет: №30

"home-work.help" © 2024 - Информационный портал для школьников, абитуриентов, студентов и учителей

О сайте | Политика конфиденциальности | Контакты