“Boburnoma”asarining tarbiyaviy ahamiyatini so‘zlab bering.

Bilet ¹28, savol ¹3

Javob

Asardagi markaziy obraz Boburning o`zi, albatta. Uning his tuyg`ulariga boy qalbi ko`z oldimizda yorqin jonlanadi. Ingliz tarixchisi Elfiniston “ Boburnoma “ va uning muallifi haqida: “ Uning shaxsiy his — tuyg`ulari har qanday mubolag`adan yoki pardalashdan xoli, uslubi oddiy na mardona, shu bilan birga jonli va ifodali. O`z zamondoshlari biografiyasini, ularning qiyofalari, urf-odati, intilishlari, qiziqish va qiliqlarini ko`zguda aks etgandek ravshan tasvirlaydi. Bu jihatdan “ Boburnoma “ O`rta O`siyodagi yagona chinakam tarixiy tasvir namunasidir ” deb yozadi. Bobur O`rta Osiyo, Xuroson va Hindiston geografiyasi, hayvonot hamda nabodot olami to`g`risida boy ma`lumot bergan. Xususan, “Boburnoma”da hindlarning etnografiysi, ilmu fani, san`at va madaniyati haqida va Afrika yozuvchilarining Toshkent konferensiyasida ( 1958-yil ) qimmatli faktlar bor. Taniqli hind hind shoiri Mulk Roj Anand Osiyo so`zlagan nutqida: “ Bu kitob siz bilan bizning merosimizdir. O`zbekistondagi singari bizda ham “ Boburnoma “ g`oyat qadrlanadi.” Degani bejis emas edi. Davrning juda ko`p xususiyatlarini qamrab olishi, qomusiy xarakteri va o`zbek adabiy tilining beqiyos boy imkoniyatlarini namoyish etishi bilan “ Boburnoma “ Alisher Navoiyning “ Xamsa” siga qiyos qilgudek madaniy obida hisoblanadi. Asarning tez orada shuhrat qozonib, XVI asrning o`zidayoq bir necha marta fors tiliga tarjima etilishi ham fikrimizning isbotidir. “ Boburnoma “ fors tiliga birinchi marta 1589-yili shoirning nevarasi Shoh Akbar saroyida xizmatda bo`lgan Abdurahimxon ibn Bayramxon Xoni Xonon tomonidan tarjima qilindi. Tarjima ko`p nusxada ko`chirilib, “ Voqeati Boburiy“, “ Tarixi Boburshohiy “ nomlari ostida Sharq mamlakatlariga keng yoyildi. Abdurahimxon tarjimada Boburning o`ziga xos bayon tarzini bera olgan, asar fors adabiyoti va tarixchiligida ulkan yangilik sifatida qabul qilingan. Qamrab olingan tarixiy voqealarning ro`yi-rost ko`rsatilishi, ilmiy faktlarga boyligi bilangina emas, balki ravon uslubi, sodda va jozibadorligi bilan ham Bobur asari o`zidan keyin yaratilgan tarixiy memuarlarga kuchli ta`sir ko`rsatadi..

Äîïîëíèòåëüíîå ðåøåíèå èëè ïðîäîëæåíèå

Ðåøåíèå ¹1

Äðóãèå çàäàíèÿ ñ áèëåòà

2 3

Ïðåäìåò: Îòâåòû íà áèëåòû ïî óçáåêñêîìó ÿçûêó äëÿ 11 êëàññà 2021
Áèëåò: ¹28

"home-work.help" © 2024 - Èíôîðìàöèîííûé ïîðòàë äëÿ øêîëüíèêîâ, àáèòóðèåíòîâ, ñòóäåíòîâ è ó÷èòåëåé

Î ñàéòå | Ïîëèòèêà êîíôèäåíöèàëüíîñòè | Êîíòàêòû