Vatanga sadoqat, vatanparvarlik nimalarda aks etadi? Gapirib bering

Bilet №10, savol №3

Javob

Cho`lda o`rmalab yurgan jonivorlar ham tug`ilshidanoq o`z makonlarini biladilar, havoda uchuvchi qushlar ham, dengiz va daryolardagi baliqlar ham o`z oshyonlarini his qiladilar, hatto bolari va shunga o`xshashlar ham o`z uyalarini muhofaza qiladilar,— shuning kabi odamlar ham qayerda tug`ilib parvarish topsalar,— o`sha joyga cheksiz mehr qo`ygan bo`ladilar.Vatanparvarlik — yolgiz o`z vataniga mehr qo`yishdan iboratgina emas. Bu juda katta his... Bu — vatan bilan o`zini bir butun deb bilish, uning yaxshi-yomon kunlarida asqatish demakdir.Kim xalq bilan uning qayg`usini bab-baravar bo`lishib olmasa, uning shodlpk bayramida o`zini xo`rlangan his etishi shubhasizdir.Kimki umumiy falokat daqiqalarida vatan xaloskorligidan boshqa biron-bir xayolga borsa, — ozod davlatda yashagaga haqlga emas.Inson hammadan avval o`z mamlakatining farzandi, vatan manfaatlarini diliga jo qilgan grajdanindir.Vatanparvar — o`z vatani kamoloti yo`lida, o`z xalqiga muhabbati tufayli ezguliklari tugul, jonini ham ayamaydigan insondir, xalqqa va vatani ozodligi, farovonligi uchun o`zini qurbon qiluvchi insondir.

Дополнительное решение или продолжение

Решение №1

Другие задания с билета

1 2 3

Предмет: Ответы на билеты по узбекскому языку для 11 класса 2021
Билет: №10

"home-work.help" © 2024 - Информационный портал для школьников, абитуриентов, студентов и учителей

О сайте | Политика конфиденциальности | Контакты