Bilet ¹1, savol ¹1
Davlat suvereniteti har qanday davlatning muhim belgisi bo‘1ib, eng avvalo, davlat hokimiyatining mustaqilligi va oliyligida ifodalanadi.Davlat suvereniteti davlat ichida va tashqi munosabatlar sohasida davlat hokimiyatining mustaqilligini bildiradi. Mustaqillik va oliylik davlat hokimiyatining suveren xususiyatlari sifatida davlat ichki va tashqi faoliyatining siyosiy — huquqiy mohiyatini ifodalaydi va tegishli shakllarda namoyon bo‘ladi. Demak, suverenitetning mohiyati davlat ichida hokimiyatni amalga oshirishda hamda tashqi davlatlar bilan bo‘ladigan munosabatlarga kirishishda davlatning o‘z organlari davlatga tegishli bo‘lgan hokimiyatni mustaqil holda amalga
oshirishdan iboratdir.O‘zbekiston Konstitutsiyasining l-bobi davlat suvereniteti to‘g‘risidagi masalalarga bag‘ishlangan bo‘lib, uning xarakterli jihatlari mustahkamlangan. Konstitutsiya muqaddimasining dastlabki qoidasi “Inson huquqlariga va davlat suvereniteti g‘oyalariga sodiqligini tantanali ravishda e’lou qilib”, degan so‘zlar bilan boshlanishi hann suverenitetning davlat uchun katta ahamiyat kasb etishini bildiradi.Suverenitetning shakllari davlatning o‘z nomiga egaligida, xalq irodasini belgilab unga xizmat qilishida, o‘z milliy va ma’muriy tuzilishiga, davlat organlariga egaligida, o‘z hududiga, davlat tiliga, davlat ramzlariga, poytaxtiga ega bo‘lis1iida namoyon bo‘ladi. Qolaversa,suverenitet milliy valyutaga hann ega bo‘lishni bildiradi.Suverenitetni hurmat qilish — hozirgi xalqaro huquq va xalqaro nninosabatlaming asosiy prinsiplaridan biri bo‘lib, BMT va boshqa xalqaro aktlarda rasman mustahkamlangan. Eng asosiysi, suverenitet O‘zbekiston Konstitutsiyasida belgilab qo‘yilgan.
Ïðåäìåò:
Îòâåòû íà áèëåòû ïî óçáåêñêîìó ÿçûêó äëÿ 11 êëàññà 2021
Áèëåò: ¹1
"home-work.help" © 2024 - Èíôîðìàöèîííûé ïîðòàë äëÿ øêîëüíèêîâ, àáèòóðèåíòîâ, ñòóäåíòîâ è ó÷èòåëåé