“Yilboshi” matnini o‘qing va mazmunini so‘zlab bering.

Bilet №29, savol №1

Javob

Sharq xalqlarida Navro`zning nishonlanishi bilan bog`liq urfodatlar bor. Bu bayram bahor faslida ekin ekish ishlarining boshlanishi oldidan o`tkazilgan va xalq orasida „Yilboshi“ deb ham atalgan. Istiqloldan so`ng Navro`z umumxalq bayrami sifatida har bir shahar, tuman, qishloqda, o`quv yurtlarida, mahallalarda juda keng nishonlana boshlandi. Bayram tantanalari markaziy maydondan boshlanib, xalq sayillari, mehmondorchiliklar bilan davom etadi. Navro`zda tayyorlanadigan maxsus taomlar — sumalak va halimlar pishiriladi. Yangi unib chiqqan ko`katlardan ko`k somsa va ko`k chuchvaralar tayyorlanadi. Darmondorilarga boy bo`lgan ushbu taomlar odamlarga kuch-quvvat bag`ishlab, ularni yil bo`yi sog`lom va yaxshi kayfiyatda yurishlariga yordam beradi.

Дополнительное решение или продолжение

Решение №1

Другие задания с билета

1 2

Предмет: Ответы на билеты по узбекскому языку для 7 класса 2021
Билет: №29

"home-work.help" © 2024 - Информационный портал для школьников, абитуриентов, студентов и учителей

О сайте | Политика конфиденциальности | Контакты