Bilet ¹28, savol ¹1
Qadim zamonlarda Hasan degan bir o`tinchi bor ekan. U dala-dashtlardan o`tin yig`ib kelar, har kuni shu o`tinlarni sotar
va sotgan puliga 9 dona non sotib olar ekan. Novvoyning shogirdlari bundan juda ajablanib ustozlariga:
— Ustoz, shu kishi har kuni 9 dona non sotib oladi, bitta ko`p ham emas, kam ham emas. Shuning sababini bilib bersangiz,
— deb iltimos qilishibdi. Novvoy rozi bo`libdi. O`tinchi ertasiga non olgani kelganida novvoy:
— Hamma nonni sotib bo`ldim, faqat 5 ta non qoldi, debdi. Hasan:
— Beshta non menga yetmaydi, — deb nonlarni olmabdi.
O`tinchi ertasiga non olgani kelganida, novvoy unga 10 ta non beribdi. Biroq u:
— Bu ko`p, isrof bo`ladi, — deb bitta nonni qaytarib beribdi.
Hasan keyingi kun kelganida novvoy:
— Nonlarni sotib bo`ldim. Afsuski, senga non qolmadi, lekin nima uchun har kuni 9 ta non sotib olishingning sababini aytib bersang, o`zim uchun olib qolgan nonlarni senga beraman, debdi. Shunda o`tinchi novvoyga:
— To`qqizta nonning 2 tasini qarzimga, 5 tasini qarzga beraman, 2 tasini esa o`zimga olib qolaman, — deb javob beribdi.
Novvoy mutlaqo tushunmabdi.
— Qanday qarz? Yaxshiroq tushuntirib ber, — deb qaytadan so`rabdi.
— Nonlarning 2 tasini meni boqib katta qilganlari uchun otaonamga beraman, bu mening ular oldidagi qarzim. Beshtasini bolalarimga beraman. Bu esa qarz, ular ham biz qariganimizda shu qarzni qaytaradilar, — debdi Hasan.
Novvoyga bu javob juda ma`qul bo`libdi va har kuni o`tinchiga 9 tadan non olib qo`yadigan bo`libdi
Ïðåäìåò:
Îòâåòû íà áèëåòû ïî óçáåêñêîìó ÿçûêó äëÿ 7 êëàññà 2021
Áèëåò: ¹28
"home-work.help" © 2024 - Èíôîðìàöèîííûé ïîðòàë äëÿ øêîëüíèêîâ, àáèòóðèåíòîâ, ñòóäåíòîâ è ó÷èòåëåé