Bilet №27, savol №1
Insoniy fazilatlar
To`g`riso`zlik, xushmuomalalik, mehnatsevarlik, kamtarlik, rahmdillik, bilimdonlik,
halollik, saxiylik kabi xislatlar yuksak insoniy fazilatlar hisoblanadi. Bunday fazilatlarga ega insonlar jamiyatda hurmat qozonadi, boshqalar oldida e`tiborga ega bo`ladi. Komil inson bo`lish uchun kishi o`zida yoshlikdan ushbu fazilatlarni
tarbiyalab borishi kerak. Maqtanchoqlik, yolg`onchilik, hasadgo`ylik, o`zgalarni mensimaslik insonni obro`sizlantiradi. Shuning uchun hamisha to`g`riso`z, g`amxo`r va kamtar bo` ling.
„Kamtarga kamol, manmanga zavol”, deydi dono xalqimiz.
Предмет:
Ответы на билеты по узбекскому языку для 7 класса 2021
Билет: №27
"home-work.help" © 2024 - Информационный портал для школьников, абитуриентов, студентов и учителей