Bilet ¹26, savol ¹1
— Sendan yuksak nima bor, yulduz?
— Onalar mehri.
— Sendan keskir nima bor, olmos?
— Onalar qahri.
— Qaydan olding otashni, quyosh?
— Ona qalbidan.
— Po`lat, qaydan senda zo`r bardosh?
— Ona sabridan.
— Senmi, ko`klam, hayotbaxsh fasl?
— Yo`q, ona izi.
— Senmi totli, shifobaxsh asal?
— Yo`q, ona so`zi.
— Dengiz, nedir kenglikda tanho?
— Ona og`ushi.
— Sendan shaffof ne, tonggi ziyo?
— Ona boqishi.
— Yaratuvchi senmi, tabiat?
— Yo`q, yo`q, onalar.
— Baxt beruvchi senmi, hayot?
— Yo`q, yo`q, onalar.
Ïðåäìåò:
Îòâåòû íà áèëåòû ïî óçáåêñêîìó ÿçûêó äëÿ 7 êëàññà 2021
Áèëåò: ¹26
"home-work.help" © 2024 - Èíôîðìàöèîííûé ïîðòàë äëÿ øêîëüíèêîâ, àáèòóðèåíòîâ, ñòóäåíòîâ è ó÷èòåëåé