Bilet №24, savol №1
Xasta holing, xasta o`yga botursan,
Bemajol, bemador, behol yotursan.
Doding bilan dunyoni uyg`otursan,
Ketib qolma, Orolim!
Oq-u qarosisan qaro ko`zimning,
Yuzlaringga bosib yashay yuzimni,
Suving qurib, quritmagin izimni,
Ketib qolma, Orolim!
Daryolaring kelolmasdan yig`lar zor,
Senga mador bo`lolmasdan yig`lar zor,
Baliqlaring ko`zlarida xitob bor,
Ketib qolma, Orolim!
Qirg`og`ingda qovjiragan dalangman,
To`lqinlaring titrog`iman, nolangman,
Men ham bitta qaqshab qolgan bolangman,
Ketib qolma, Orolim!
Предмет:
Ответы на билеты по узбекскому языку для 7 класса 2021
Билет: №24
"home-work.help" © 2024 - Информационный портал для школьников, абитуриентов, студентов и учителей