Bilet №22, savol №1
Oqsaroy (Rivoyat)
Ulug` Amir o`z ona shahri bo`lmish Shahrisabzda ulug`vor bino bunyod etmoqlikni niyat qilibdi. Mamlakatning bosh me`- morini huzuriga chaqirib, fikrini bayon etibdi.
Bosh me`mor davlat xazinasiga kirishga ijozat so`rabdi. Uning bu gapiga qiziqqan Ulug` Amir „Bu qanday karomat ko`rsatarkin—, deb xazinaga kirishga ruxsat beribdi.
Bosh me`mor Sohibqiron hazratlarining oldida loy va tillalarni aralashtirib, g `isht yasabdi. Ularni bo`lajak bino poydevori uchun ishlatishini aytib, Ulug` Amirni kuzatibdi. — Nega bunday qilding? — deb so`raganlarida me`mor:
— Ulug` Amirimizning go`zal va betakror imorat barpo etish istagi qanchalik kuchli ekanligini bilishim kerak edi, — deya javob qilibdi. Shundan so`ng bosh me`mor Oqsaroy qurilishini boshlagan ekan.
Предмет:
Ответы на билеты по узбекскому языку для 7 класса 2021
Билет: №22
"home-work.help" © 2024 - Информационный портал для школьников, абитуриентов, студентов и учителей