Bilet ¹21, savol ¹1
Rivoyat qilishlaricha, Mirzo Ulug`bek bolalik paytida Amir Temur Rumdan chaqirib keltirgan bir donishmanddan saboq olgan. Donishmandning bir odati bo`lib, saboq berish
vaqtida boshini engashtirib, yerga qarab o`tirar ekan. Agar shogirdi biror jumlani yanglish o`qisa, unga qarab qo`yar ekan.
Bir kuni Mirzo Ulug`bek kitob o`qiyotgan edi. U: „Uddasidan chiqmagan narsangizni nega va`da qilasiz?“ degan jumlani o`qigach, ustozi unga bir qarab qo`yibdi. Mirzo Ulug`bek: „Ehtimol, yanglish o`qigan bo`lsam kerak“, deb jumlani diqqat bilan qaytadan o`qibdi. Ammo ustozi bu gal ham boshini ko`tarib, unga qarab qo`yibdi.
Mirzo Ulug`bek saboqdan keyin bobosi yoniga kelib:
— Bobojon, ustozimga biror narsa va`da qilgan bo`lsangiz, darhol va`dangizga vafo qiling,
— deb bo`lgan voqeani aytib beribdi. Amir Temur nabirasining hikoyasini eshitib:
— Ustozing mendan Rumda qolib ketgan kutubxonasini olib kelishga odam yuborishimni iltimos qilgan edi. Men va`da qilgan edim, ammo yodimdan ko`tarilib ketibdi, — debdi. So`ng shu zahotiyoq rumlik donishmandga bergan va`dasini bajo keltirish
uchun farmon beribdi.
Ïðåäìåò:
Îòâåòû íà áèëåòû ïî óçáåêñêîìó ÿçûêó äëÿ 7 êëàññà 2021
Áèëåò: ¹21
"home-work.help" © 2024 - Èíôîðìàöèîííûé ïîðòàë äëÿ øêîëüíèêîâ, àáèòóðèåíòîâ, ñòóäåíòîâ è ó÷èòåëåé