Bilet №19, savol №1
Chegaradan maktub
Akam chegarada xizmat qiladilar. Akam har xatlarida shu gaplarni yozadilar: „Ukajon, o`qishlaring yaxshimi, katta bo`lsang sen ham chegarachi bo`l. Chunki chegarada xizmat qilishning zavqi o`zgacha. Go`yo sen chegarani emas, butun ona- Vatanni qo`riqlayotgandek bo`lasan...
— Qani endi tezroq katta bo`lsam-u, akamdek xizmatga chaqirilib, chegarachi bo`lsam. Chegarada turib, josusni ushlasam.
Bir safar xatimda akamdan shu haqda so`radim: „Akajon, bordi- yu men ham chegarachi bo`lsam-u, josus ushlamay xizmatdan qaytsam, chegarachi hisoblanamanmi?— Akam xatimga shunday javob qildilar: „Ukajonim, shuni bilki, chegaramiz juda mustahkam. Undan pashsha ham o`tolmaydi. Agar sen postda hushyor turib, o`z vazifangni sergaklik bilan ado etsang, haqiqiy chegarachi bo`lasan.—
Предмет:
Ответы на билеты по узбекскому языку для 7 класса 2021
Билет: №19
"home-work.help" © 2024 - Информационный портал для школьников, абитуриентов, студентов и учителей