Bilet №15, savol №1
Onaizor
Bir juft chumchuq erta bahordan boshlab yangi in qurish harakatiga tushdi. Oradan ko`p o`tmay ona chumchuq tuxum bosdi. Kunlar ketidan kunlar o`tdi. Mana, nihoyat, ona chumchuq bolalarini uchirma qildi. Ular baland terak daraxti tepasida shoxdan shoxga uchib o`tishni o`rganishardi. Palaponlarini mehr bilan katta qilgan onasi sevinchini ichiga sig`dirolmay bolalarining atrofida parvona bo`lardi. Ularni yer-u ko`kka ishonmaydi. Ana, palaponning bittasi holdan ketib, yerga qulab tushdi.
Onasi o`zini o`qdek otib, bolasiga ko`makka keldi. Lekin, ne ko`z bilan ko`rsinki, mushuk darhol hid olib qayoqdandir paydo bo`ldi-yu, yovuz niyatini amalga oshirishga oshiqdi. Ona chumchuq mushukning ko`zini mo`ljalga olib o`zini tashladi. Uning harakati bekor ketmadi, bolasi o`limdan qutuldi. Yana „pirr— etib, terak shoxiga chiqib oldi. Ammo onasi qanotini sindirib, bir umrga majruh bo`lib qoldi...
Предмет:
Ответы на билеты по узбекскому языку для 7 класса 2021
Билет: №15
"home-work.help" © 2024 - Информационный портал для школьников, абитуриентов, студентов и учителей