Bilet №11, savol №1
Amir Temur
Buyuk Sohibqiron Amir Temur Movarounnahrni mo`g`ullar istilosidan ozod qilib, yagona markazlashgan davlat tuzgan. U qaysi yurtni istilo qilsa, o`sha yurtning eng yaxshi hunarmandlari va olimlarini Samarqandga olib kelib, ularning bilim va tajribasidan yurtni obodonlashtirishda foydalangan. Samarqandda Ko`ksaroy, Jome masjidi, Bibixonim madrasasi, Shohizindadagi bir qator maqbaralarni, shahar atrofida Bog`i Chinor, Bog`i Shamol, Bog`i Dilkusho, Bog`i Nav, Bog`i Behisht deb nomlangan bog`lar va saroylarni bunyod ettirdi.
Предмет:
Ответы на билеты по узбекскому языку для 7 класса 2021
Билет: №11
"home-work.help" © 2024 - Информационный портал для школьников, абитуриентов, студентов и учителей