Bilet №9, savol №1
O`zbekistonning yerusti suvlari
Respublikamiz hududidagi tog`li joylarda juda ko`p soylar va kichik daryo o`zanlari bor. Baland tog` tepalari va cho`qqilaridagi qor va muzliklardan boshlanuvchi ushbu irmoqlar yirikroq daryolarga kelib quyiladi. Yerusti suvlarining bunday taqsimlanishi iqlim va geografik xususiyatlar bilan bog`liq. O`zbekiston hududidan kesib o`tuvchi eng yirik daryolar Amudaryo va Sirdaryo bo`lib, ular respublika tashqarisidan boshlanadi.
Amudaryo eng katta daryo bo`lib, uning irmoqlari Surxondaryo, Sherobod, Qashqadaryo va Zarafshon daryolari hisoblanadi. Sirdaryo sersuvligi jihatidan O`rta Osiyoda ikkinchi o`rinda turadi. Uning O`zbekistondagi eng yirik irmog`i Chirchiq daryosidir. Shuning- dek, Norin daryosi, Qoradaryo va So`x daryolari ham unga quyiladi. Ushbu suv zaxiralari respublikamiz qishloq xo`jaligini to`liq ta`minlaydi.
Предмет:
Ответы на билеты по узбекскому языку для 7 класса 2021
Билет: №9
"home-work.help" © 2024 - Информационный портал для школьников, абитуриентов, студентов и учителей