“Futbolchilar musobaqasi” matnini o‘qing va mazmunini so‘zlab bering.

Bilet №3, savol №1

Условие задания

Javob

O`yin boshlanishi bilan mehmonlar darrov hujumga o`tishdi- da, guruhimizni dog`da qoldirib, darvozamizga boplab to`p urib qo`yishdi. Shundan keyin o`yin shunaqangi qizib ketdiki, ko`rsangiz, hayratdan og`zingiz ochilib qolgan bo`lar edi.
Mehmonlarning himoyasi juda zo`r ekan, hujumchilarimizning qilgan harakatlari befoyda ketaverdi. O`n daqiqa chamasi to`p qo`ldan qo`lga o`tib turdi-da, nihoyat mehmonlar uni ustalik bilan olg`a surib ketishdi. Chap qanot himoyachisi olisdan turib to`pni o`ng qanot himoyachisiga uzatdi. U bo`lsa to`pni havolatib, markaziy hujumchiga oshirdi. Markaziy hujumchi bizning yigitlarga qaraganda chaqqonroq ekan, kuchli bir zarb bilan bu to`pni ham eson-omon darvozaga joylab qo`ydi. [shqibozlar betoqat bo`lib, hushtak chala boshlashdi.
Mehmonlarning to`pni uzatish san`ati biznikiga qaraganda yuqori ekan. Buni men darvozamizga uchinchi to`pni kiritganlarida payqab qoldim. Tomoshabinlarning hafsalasi pir bo`ldi, ko`plar o`rinlaridan turib qo`llarini umidsiz siltaganlaricha, asta-sekin jo `nab qolishdi.„Sholikor—ning yutqazishi aniq bo`lib qolgan edi.

Другие задания с билета

1 2

Предмет: Ответы на билеты по узбекскому языку для 7 класса 2021
Билет: №3

"home-work.help" © 2024 - Информационный портал для школьников, абитуриентов, студентов и учителей

О сайте | Политика конфиденциальности | Контакты