“Bahs” matnini o‘qing va mazmunini so‘zlab bering.

Bilet ¹1, savol ¹1

Javob

Bahs
Oqsoy qishlog‘ida Halim, Salim, Karim degan bolalar bor. Ular bir sinfda o‘qishadi. Sinfda ham yonma-yon o‘tirishadi. Darsni ham birga tayyorlashadi. Yozgi ta’til yaqinlashgan sari uch o‘rtoq soy bo‘yidagi ko‘rpaday qalin chimga cho‘zilib, yozda qiladigan ishlari to‘g‘risida uzoq-uzoq suhbatlashadigan bo‘lib qolishdi.
— O‘qish tugagan kunning ertasigayoq yaylovga ketaman, — dedi Karim.
— Tog‘da maza ...
Karim „tog‘da maza“ deganda, Halim bilan Salim uzoqda osmonga nayzaday qadalib turgan Abulqashqa tog‘iga beixtiyor qarab qo‘yishdi.
Karim o‘rtoqlarining havasi kelganini sezib, yanada qizishib:
— Tog‘ning baland cho‘qqisiga chiqib o‘tiraman, — dedi ko‘zini o‘ynatib. — Bo‘ribosar oyog‘imning tagiga kelib yotadi.
Pastda qo‘y-qo‘zilar yoyilib yuradi. Hamma yoq menga kaftday ko‘rinib turadi... Katta bo‘lsam-chi, otam kabi cho‘pon bo‘laman. Cho‘ponlikdan yaxshi kasb yo‘q olamda! Karimning keyingi gapi Halim bilan Salimning yayrab turgan ko‘ngliga muzday tegib, sapchitib yubordi.
— Nega endi? — deyishdi ikkovlari birdaniga.
— Mana, masalan, mening otamday hisobchi bo‘lish yomon ekanmi? — dedi achchiqlanib Halim. — Ha, bundan o‘tadigan kasb yo‘q! — dedi u takrorlab. — Katta bo‘lsam, albatta, otamday hisobchi bo‘laman.

Äîïîëíèòåëüíîå ðåøåíèå èëè ïðîäîëæåíèå

Ðåøåíèå ¹1

Äðóãèå çàäàíèÿ ñ áèëåòà

1 2

Ïðåäìåò: Îòâåòû íà áèëåòû ïî óçáåêñêîìó ÿçûêó äëÿ 7 êëàññà 2021
Áèëåò: ¹1

"home-work.help" © 2024 - Èíôîðìàöèîííûé ïîðòàë äëÿ øêîëüíèêîâ, àáèòóðèåíòîâ, ñòóäåíòîâ è ó÷èòåëåé

Î ñàéòå | Ïîëèòèêà êîíôèäåíöèàëüíîñòè | Êîíòàêòû