«Oʻzbekiston- suveren davlat» matnini oʻqing. Mazmunini ochuvchi savollar tuzing.

Bilet №18, savol №1

«Oʻzbekiston- suveren davlat» matnini oʻqing. Mazmunini ochuvchi savollar tuzing.

Javob

Oʻzbekiston xalqaro munosabatlarning teng huquqli subyekti hisoblanadi. Oʻzbekiston Respublikasini mustaqil davlat sifatida jahonning 166 mamlakati tan olgan. 133 mamlakat bilan diplomatik munosabatlar o'rnatilgan. 44 mamlakat Oʻzbekistonda o'z elchixonasi va vakolatxonasini ochgan, 30 mamlakatda esa O'zbekiston Respublikasining elchixonasi yoki vakolatxonasi mavjud. Oʻzbekiston BMTning to'la huquqli a'zosi sifatida ko'p davlatlar bilan diplomatik, savdo-sotiq va ijtimoiy-madaniy aloqalarni o'rnatmoqda.
Oʻzbekiston o'z tashqi siyosati va xalqaro munosabatlarni, avvalo, o'z Konstitutsiyasiga tayangan holda hamda xalqimizning milliy manfaatlaridan kelib chiqib, davlat suverenitetini yanada mustahkamlashga qaratilgan holda olib boradi.
Konstitutsiyaga muvofiq O'zbekiston o'z tashqi siyosatida davlatlarning suveren tengligi, chegaralarning dahlsizligi, nizolarni tinch yo'l bilan hal etish, boshqa davlatlarning ichki ishlariga aralashmaslik kabi umume'tirof etilgan qoidalardan kelib chiqadi.
Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy Osiyodagi tashqi siyosatining asosiy maqsadi yagona iqtisodiy makon yaratish va uni yanada rivojlantirishdir.

Другие задания с билета

1 2 3

Предмет: Ответы на билеты по узбекскому языку для 11 класса 2023
Билет: №18

"home-work.help" © 2024 - Информационный портал для школьников, абитуриентов, студентов и учителей

О сайте | Политика конфиденциальности | Контакты